1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Nigoh” ijodiy loyihasi – yoshlar ijodida yangi sahifa

“Nigoh” ijodiy loyihasi yosh ijodkorlarni bir maydonga jamladi.

“Nigoh” ijodiy loyihasi – yoshlar ijodida yangi sahifa

Zarkent, Toshkent viloyati. 16–18 sentyabr kunlari “Parkent” ijod uyida teatr sanʼati uchun muhim voqea bo‘lib o‘tdi. Prezidentning 2024 yil 22 noyabrdagi PQ–399-son qarori hamda 2025 yilda qabul qilingan qator meʼyoriy hujjatlar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan “Nigoh” ijodiy loyihasi yosh ijodkorlarni bir maydonga jamladi.

 

Ilhomga to‘la ijod maskani

 

Tog‘ bag‘ridagi ko‘hna Zarkent qishlog‘i bu kunlari o‘ziga xos ijod maydoniga aylandi. Tongdanoq ijod uyi sahnalarida repetitsiyalar, musiqa sadolari, rang va yorug‘lik uyuni — barchasi bir maqsad uchun: zamonaviy va kreativ spektakllar yaratish. Rejissyor, dramaturg, kompozitor va rassomlardan iborat 10 ta jamoa o‘zining yangi g‘oyalari bilan tanlovga kirishdi.

 

Komissiya bahosi – masʼuliyat mezoni

 

Tashkilotchilar guruhiga O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professorlari, Badiiy akademiya aʼzolari, Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi rahbarlari hamda tajribali sanʼat arboblari jalb etildi. Ular har bir asarning dramaturgiyasi, musiqiy yechimi va sahna bezagiga alohida eʼtibor qaratdi.

 

Yoshlar qahramonlari sahnada

 

Loyiha nizomi talabiga ko‘ra, ishtirokchilar zamon qahramonlari, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan shaxslar hayotini yoritishga intildi. Shuning uchun ham sahnadagi har bir asar bugungi kun ruhini, yoshlar orasidagi izlanish va orzularni jonli ifoda etdi.

 

G‘oliblar va kelajak rejalari

 

Uch kunlik qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng 5 ta jamoa g‘olib deb topildi. Ular “Nigoh” nodavlat notijorat birlashmasi tomonidan moddiy rag‘batlantiriladi. Eng muhim jihati, tanlovda taqdim etilgan barcha asarlar respublika teatrlarida sahnalashtirishga tavsiya etildi.

 

“Nigoh” ijodiy loyihasi nafaqat yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlaydi, balki milliy teatr sanʼatiga yangi ruh, zamonaviy qarash va xalqaro miqyosda raqobatbardosh spektakllar yaratish imkonini ham beradi. Zarkentdagi bu ijodiy uchrashuv – mamlakatimiz madaniy hayotida yorqin bir sahifa bo‘lib qolishi shubhasiz.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика