1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nukusda ilk bor “Markaziy Osiyo pedagoglari” xalqaro forumi o‘tkazilmoqda

Tadbir YUNESKO, YUNISEF hamda Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan.

Nukusda ilk bor “Markaziy Osiyo pedagoglari” xalqaro forumi o‘tkazilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida ilk marotaba “Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!” shiori ostida xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda.

 

Mazkur nufuzli tadbir O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim vazirliklari, shuningdek, YUNESKO va YUNISEF hamkorligida tashkil etilgan.

 

Forumda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, shuningdek, Ozarbayjon va Turkiyadan pedagoglar hamda ta’lim sohasidagi rahbar xodimlar ishtirok etmoqda. Tadbir mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalar almashish va ta’lim sifatini oshirishni maqsad qilgan.

 

Forum doirasida ishtirokchilar Chimboy va Taxtako‘pir tumanlariga tashrif buyurib, qoraqalpoq xalqining boy milliy madaniyati, urf-odatlari, milliy taomlari va hunarmandchilik namunalarini yaqindan o‘rgandilar.

 

Taxtako‘pir tumanidagi “Qora teran” turistlik markazida mehmonlar uchun ekologik va etno-madaniy tadbirlar, milliy kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ushbu tadbirlar xorijiy mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

 

Forumning asosiy sessiyalari ertaga Nukus shahridagi “Oq qush” majmuasida davom etadi. Unda ta’lim jarayonini rivojlantirish, pedagoglarning malakasini oshirish hamda mintaqaviy ta’lim integratsiyasiga doir masalalar muhokama qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика