1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nyu-Yorkda Zelenskiy va Tramp muzokaralari bo‘lib o‘tadi

Muzokaralarda xavfsizlik, investitsiyalar va harbiy sohada hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Nyu-Yorkda Zelenskiy va Tramp muzokaralari bo‘lib o‘tadi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yaqin kunlarda AQShning prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazishini ma’lum qildi. Uchrashuv Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ukraina OAVlari xabar bermoqda.

 

Prezident Zelenskiyning ta’kidlashicha, uchrashuv kun tartibiga xavfsizlik masalalari, xususan, Rossiya bosqini sharoitida Ukrainaga ko‘rsatilayotgan xalqaro yordam, sarmoya jalb qilish hamda harbiy-texnik sohada hamkorlik masalalari kiritilgan.

 

Shuningdek, muzokaralarda energetika xavfsizligi, qayta tiklanuvchi energiya loyihalari va urushdan keyingi tiklanish dasturlari ham muhokama qilinishi kutilmoqda. Tomonlar, shuningdek, Yevropa va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikda Ukrainaga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasini ham ko‘rib chiqadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 17–30-sentyabr kunlari BMT Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning 150 dan ortiq davlat rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика