Senatning 5-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida Oliy sud rahbariyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Unga ko‘ra, Ikrom To‘xtamurodovich Muslimov Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari — Sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.
Ushbu lavozimga Alisher Otaxonovich Usmonov 5 yil muddatga saylandi. U bundan buyon Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib boradi.
Shuningdek, Senat qaroriga muvofiq, Nodira Jalolovna Hakimova ham Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi. U iyul oyida Prezident administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Avvalroq Hakimova davlat rahbariga sud tizimidagi o‘zgarishlar yuzasidan taqdimot qilgani xabar qilingandi. Shu tariqa, sud tizimidagi islohotlar doirasida muhim kadrlar almashinuvi amalga oshmoqda.


