1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Olmaotada “Orda” nashri bosh muharriri uyida va tahririyat binosida tintuv o‘tkazildi

Telefonlar musodara qilingani aytilmoqda, advokatlar esa binoga kiritilmayapti. Bosh muharrirga “ataylab yolg‘on ma’lumot tarqatish” aybi qo‘yilgan.

Olmaotada “Orda” nashri bosh muharriri uyida va tahririyat binosida tintuv o‘tkazildi

 

Olmaotada huquqni muhofaza qilish organlari “Orda” internet nashri asoschisi va bosh muharriri Gulnora Bajkenovaning yashash uyida hamda nashr ofisida tintuv o‘tkazdi. Nashr xodimlari telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermayotgani mobil qurilmalari musodara qilinganini bildirilmoqda. Advokatlarning esa binoga kirishiga ruxsat berilmagan.

 

“Biz tergov qaysi organ tomonidan olib borilayotgani, jinoiy ish qaysi modda bo‘yicha qo‘zg‘atilgani yoki kimga nisbatan surishtiruv o‘tkazilayotganidan bexabarmiz. Tintuvga boshchilik qilayotgan guruh rahbari savollarimizga javob bermayapti”, — dedi “Orda” nashri yuristi Olga Didenko.

 

Shahar IIB ma’lumotiga ko‘ra, bosh muharrirga nisbatan “qayta-qayta va ataylab yolg‘on ma’lumot tarqatish” bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergovga asos sifatida “fuqarolardan kelib tushgan shikoyatlar” keltirilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, nashr 2024-yilda e’lon qilgan ayrim materiallarda huquq-tartibot organi xodimi pora olayotgan paytda qo‘lga olingani haqidagi yolg‘on ma’lumotlar berilgan. Boshqa bir maqolada esa mulk nizolari yuzasidan yetkazilgan zarar miqdori buzib ko‘rsatilgani ta’kidlanmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentabr oyi boshida “Orda” Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu va bir qancha yuqori martabali amaldorlar hibsga olingani haqida xabar bergandi. Rasmiylar bu ma’lumotni rad etgan. Shundan so‘ng prezident Qosim-Jomart Tokayev Murat Nurtleuni vazirlik lavozimidan ozod etib, uni yordamchisi etib tayinlagan.

 

“Orda” nashri 2020-yildan buyon Qozog‘istondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni yoritib kelmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика