1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

OpenAI ChatGPT’da ota-ona nazorati funksiyasini ishga tushirdi

Yangi tizim orqali ota-onalarni farzandlarining stress holati haqida xabardor qilish imkoniyati yaratiladi.

OpenAI ChatGPT’da ota-ona nazorati funksiyasini ishga tushirdi

Bloomberg’ning xabar berishicha, OpenAI ChatGPT xizmatida ota-ona nazorati imkoniyatlarini joriy etdi. Yangi funksiyalar orqali ota-onalar farzandlari uchun ayrim servislarni cheklashi, shuningdek, ularning stress holatlari haqida xabardor bo‘lishi mumkin.

 

Mazkur tizim bolaga yuborilgan elektron taklif orqali faollashtiriladi. Undan foydalanib, ovozli rejim, tasvir yaratish xizmati yoki oldingi suhbatlarga kirish imkoniyati cheklanishi mumkin. Ogohlantirishlar ota-onaga SMS, elektron pochta yoki maxsus ilova orqali yuboriladi. Shu bilan birga, farzandning shaxsiy yozishmalari ularga yetkazilmaydi.

 

Qaror, shu yil bahorida o‘z joniga qasd qilgan o‘smir oilasi tomonidan OpenAI’ga qarshi kiritilgan sud da’vosidan keyin qabul qilingan. Da’voda kompaniya o‘smirning yozgan xatlaridan xavf belgilarini aniqlamaganlikda ayblangandi.

 

Shuningdek, OpenAI foydalanuvchining yoshini aniqlash tizimini ham ishlab chiqmoqda. Bu kelgusida ota-ona nazorati funksiyalarini yanada samarali qo‘llash imkonini beradi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика