1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbek–afg‘on chegarasidagi ko’prikda fuqarolar harakati tiklandi

Endi yo‘lovchilar ikki davlat orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va xavfsiz tarzda harakatlanishi mumkin.

O‘zbek–afg‘on chegarasidagi ko’prikda fuqarolar harakati tiklandi

O‘zbekiston va Afg‘onistonni bog‘lab turuvchi Termiz—Hayraton ko‘prigi orqali fuqarolarni o‘tkazish punktlari qayta ish boshladi. Endi yo‘lovchilar ikki davlat orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va xavfsiz tarzda harakatlanishi mumkin. Shu bilan birga, viza talabi o‘z kuchida qoladi.

 

Maʼlumot uchun, 2021 yilda fuqarolar harakati cheklangan, bu esa tadbirkorlarning Afg‘onistonga borishini sezilarli darajada qiyinlashtirgan edi: Ayritomdan 75 km masofada joylashgan (1 soatlik yo‘l) Mazori Sharifga yetib borish uchun tadbirkorlar Tojikiston orqali bir kunlik aylanma yo‘ldan foydalanishga majbur bo‘lgan. Endilikda bu cheklovlar bekor qilindi va yo‘l yana ochildi.

 

“Chegaradan o‘tish tartibining tiklanishi eksport qiluvchi korxonalar uchun katta qulaylik yaratadi. Afg‘onistonga eksport hajmi oxirgi yillarda barqaror o‘smoqda va ayniqsa bu yo‘lning ochilishi bilan 2026 yilda eksport hajmini 2,5 mlrd dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjud”, deyiladi Savdo-sanoat palatasi xabarida.

 

Davlat tadbirkorlarni Afg‘oniston bozoriga chiqishda quyidagi imtiyozlar bilan qo‘llab-quvvatlamoqda:

 

— Hayraton yoki Mazori Sharifda ombor ochgan tadbirkorlar uchun omborni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar 100 foiz qoplab beriladi.

 

— Mahsulotlarni Afg‘onistonning 34 viloyatida reklama qilish xarajatlari — to‘liq kompensatsiya qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика