Shuningdek, “Eng yaxshi badiiy yechim” nominasiyasi bo‘yicha “Sehrli tanbur” multfilmi mukofotlandi.
28 oktyabr “Xalqaro animasiya kuni” munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Turkiston shahrida 29-30 oktyabr kunlari “AMEN-2021” ( International Animation Film Festival) an’anaviy xalqaro animasion filmlar festivali bo‘lib o‘tdi.
– Amen Qaydarov nomidagi festivalda ishtirok etish imkoniyati meni juda xursand qildi. Qozoq animasiyasidagi do‘stlarimni ko‘rib xursand bo‘ldim. Bu nufuzli mukofotni qabul qilishdan faxrlanaman. Ijodimiz yuksak e’tirofga sazovor bo‘layotgani meni ruhlantirdi. Ishonchim komilki, bizning tomoshabinlar va animasiyani yaratishda ishtirok etgan ijodiy jamoa ushbu sovrinlarni katta mamnuniyat bilan qabul qiladi. “'Gʻildirakli uy' asari hamma narsaga ega bo‘lgan, lekin yomon insonlarning maslahati tufayli o‘z fikrini yo‘qotgan odam haqida”, — deydi Azizbek Muhamedov.
Tanlovda ishtirok etish uchun jami 57 ta ariza topshirilib, ulardanb 49 ta saralab olindi. Joriy yilda mahalliy va qardosh turkiy mamlakatlar, xususan, Ozarbayjon, Boshqirdiston (RF), Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tatariston (RF), Tojikiston va Turkiyadan karikaturachilar ham ishtirok etishdi.
Ma’lumot uchun: festival 2019 yildan buyon o‘tkaziladi. Unda animasion filmlar namoyishlari bilan birga, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari va ijodiy tanlovlar bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval o‘zbek multfilmi xalqaro festivalda ishtirok etayotgani haqida xabar berilgan edi.
Cho‘lponoy Ahmedova