1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 10 oyda 12,8 ming giyohvandlik jinoyati fosh etildi

12 ta noqonuniy laboratoriya faoliyati to‘xtatildi.

O‘zbekistonda 10 oyda 12,8 ming giyohvandlik jinoyati fosh etildi

 

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–oktabr oylarida mamlakat bo‘ylab giyohvandlik bilan bog‘liq 12 848 ta jinoyat aniqlangan. Davlat organlarining o‘z vaqtida ko‘rgan choralar natijasida 2 tonna 761 kilogramm giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar noqonuniy muomaladan chiqarildi.

 

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, o‘tgan yil davomida beshta noqonuniy giyohvand moddalar laboratoriyasi faoliyati to‘xtatilgan bo‘lsa, joriy yilning dastlabki 10 oyida ushbu ko‘rsatkich 12 taga yetgan.

 

Giyohvandlikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ishlab chiqildi. Rejada giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика