1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 30 mingga yaqin fuqarolik jamiyati instituti faoliyat yuritmoqda – xalqaro anjumanda muhokama qilindi

2025-yil 19-sentabr kuni Toshkent shahrida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi tashabbusi bilan “O‘zbekistonning demokratik rivojlanishida fuqarolik jamiyatining o‘rni: global chaqiriqlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda 30 mingga yaqin fuqarolik jamiyati instituti faoliyat yuritmoqda – xalqaro anjumanda muhokama qilindi

Konferensiyada Yaponiya, Germaniya, Turkiya, Shvetsiya, Shveysariya, Polsha, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi davlatlardan “aql markaz”lari va tadqiqot institutlari vakillari, shuningdek, O‘zbekiston davlat organlari “Yuksalish” harakati raisi Bobur Bekmurodov, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi raisi Xusanov Otabek Nishanovich, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori Tulyaqov Eldor Sobirjonovich va boshqa mutasaddilar qatnashdi.

 

Tadbirda so‘nggi yillarda mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirish, qonunchilikni takomillashtirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yo‘nalishida amalga oshirilgan islohotlar atroflicha muhokama qilindi.

 

Anjumanda qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekistonda 30 mingga yaqin fuqarolik jamiyati instituti faoliyat yuritmoqda, ularda 150 mingdan ortiq fuqaro mehnat qilmoqda. Ushbu institutlar davlat idoralari va jamoatchilik o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarib, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarga faol hissa qo‘shmoqda.

 

Xalqaro ekspertlar O‘zbekiston tajribasini global miqyosda demokratik qadriyatlarni rivojlantirishda ilg‘or model sifatida e‘tirof etdi.

 

Tadbir yakunida mutaxassislar tomonidan demokratiya va fuqarolik jamiyatini kuchaytirish bo‘yicha innovatsion takliflar va tavsiyalar ishlab chiqildi. Anjuman ishtirokchilari o‘zaro hamkorlikni yana-da kuchaytirish va tajriba almashinuvini kengaytirish borasida kelishib oldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика