1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda to‘y va marosimlar o‘tkazilish tartibi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi

Oilaviy tadbirlarda 200 nafardan, osh berish marosimlarida esa 250 nafardan ortiq mehmon qatnasha olmaydi.

O‘zbekistonda to‘y va marosimlar o‘tkazilish tartibi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi

O‘zbekistonda 2026–2030-yillar “Dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri” deb e’lon qilinishi munosabati bilan “Oqilona iste’mol” (Save Food) dasturi doirasida ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar kuchaytirilmoqda. Bu boradagi tartib-taomillar Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentyabrdagi 589-son qarorida belgilab berildi.

 

Qarorga muvofiq, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va boshqa marosimlar 2019-yilda qabul qilingan qo‘shma qaror talablari asosida qat’iy tartibda o‘tkaziladi. Jumladan:

 

oilaviy tadbirlarda 200 nafargacha mehmon ishtiroki,

 

osh berish marosimlarida esa 250 nafargacha odam qatnashishi belgilangan.

 

Qo‘shaloq to‘y-hashamlarda ham 250 nafardan ortiq mehmon bo‘lishiga ruxsat etilmaydi.

 

Shuningdek, milliy qadriyatlarimizga yot va ortiqcha dabdababozlikni keltirib chiqaruvchi turli rasm-rusumlar hamda shou-tadbirlar taqiqlanadi. Xususan, “kuyov navkari”, “chorlar”, “ota ko‘rdi”, “sep yoydi”, “quda chaqirdi” kabi marosimlar hamda motam tadbirlaridagi “yetti”, “qirq”, “yil oshi” kabi qo‘shimcha urf-odatlarga chek qo‘yiladi.

 

Prezidentning 2025-yil aprel oyidagi farmonida ushbu tartiblarni takomillashtirish bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqilishi belgilangan bo‘lib, avgust oyida Oliy Majlis palatalari kengashlarining qo‘shma qarori loyihasi tayyorlangan. Mazkur hujjatda yoshlarda tejamkorlik va oqilona iste’mol madaniyatini shakllantirishga qaratilgan yangi qoidalar ham nazarda tutilishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика