1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda yana zilzila sodir bo‘ldi

Namangan viloyatining Pop tumanida 3 ballik yer silkinishi qayd etildi.

O‘zbekistonda yana zilzila sodir bo‘ldi

7-dekabr kuni soat 16:31 da Namangan viloyatida yana zilzila sodir bo‘ldi. Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila episentri Pop tumani bo‘lib, unda yer silkinishi 3 ballni tashkil etdi. Dang‘ara tumanida esa 2 ball atrofida sezildi.

 

Shu bilan birga, 6-dekabr kuni ham viloyat hududida bir nechta yer silkinishlari qayd etilgan. Soat 19:18 dagi zilzila Pop tumanida 4 ball bilan sezilgan. Tun soat 2:04 da Pop tumanidagi yana bir zilzila 5 ballni tashkil etgan bo‘lib, Namanganda 3 ball, Farg‘ona vodiysining boshqa hududlarida 2–3 ball, Toshkent va Sirdaryoda esa 2 ball atrofida sezilgan.

 

Mutasaddilar zilzilalarning oqibatlari bo‘yicha monitoring olib bormoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика