1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qozog‘iston orqali Rossiyaga ketadigan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Aqtau shahridagi Bosh konsullik O‘zbekiston fuqarolariga chegarani buzish yoki noqonuniy migratsiyani tashkil etish jinoiy javobgarlik va qamoq jazosiga olib kelishi mumkinligini ta'kidladi.

Qozog‘iston orqali Rossiyaga ketadigan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

 

O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulligi qo‘shni Qozog‘iston Respublikasida davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish holatlari ortib borayotgani haqida ogohlantirdi. Diplomatik vakolatxona ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi kunlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan noqonuniy chegaradan o‘tishga urinishlar bir necha bor qayd etilgan.

 

Mazkur shaxslar Qozog‘iston Jinoyat kodeksining:

 

392-moddasi — davlat chegarasini qasddan noqonuniy kesib o‘tish;

 

394-moddasi — noqonuniy migratsiyani tashkil etish bandlari asosida javobgarlikka tortilgan.

 

Shuningdek, joriy yilning sentabr oyidan boshlab qo‘shni davlat ushbu turdagi huquqbuzarliklar uchun jazoni yanada qat’iylashtirgan. Endilikda chegarani buzish holatlari uzoq muddatli qamoq jazosiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Bosh konsullik vatandoshlarni noqonuniy sxemalarga aldanmaslikka, davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish yoki bunga urinish jinoiy javobgarlikka olib kelishini unutmaslikka chaqirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика