1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Pichoqbozlik” haqidagi xabarlar rad etildi — Toshkent viloyatidagi hodisasi tafsilotlari

Tigʻli jism qoʻllangani haqidagi xabarlar inkor qilindi.

“Pichoqbozlik” haqidagi xabarlar rad etildi — Toshkent viloyatidagi hodisasi tafsilotlari

Joriy yilning 4-sentabr kuni soat 18:30 atrofida Yangiyoʻl shahrining “Samarqand” koʻchasida 21–30 yosh oraligʻidagi toʻrt nafar fuqaro oʻzaro kelishmovchilik sabab janjallashgani aniqlangan.

 

Tergov organlari axborotiga koʻra, ayrim manbalarda aytilganidek, hodisa vaqtida tigʻli jism qoʻllanilmagan va “pichoqbozlik” holati yuz bermagan.

 

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) doirasida jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

 

Jinoyat ishi doirasida janjalda ishtirok etgan shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar koʻriladi. Qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligi taʼminlanishi taʼkidlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика