1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Pokiston o‘z qo‘shinlarini Saudiyaga joylashtirishi mumkin

Bu ikki davlat munosabatlarida “burilish nuqtasi” sifatida baholanmoqda.

Pokiston o‘z qo‘shinlarini Saudiyaga joylashtirishi mumkin

Al Jazeera telekanali xabar qilishicha, Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasida yaqinda imzolangan o‘zaro mudofaa shartnomasi doirasida pokistonlik harbiylarni qirollik hududida joylashtirish imkoniyati muhokama qilinmoqda.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, bu faqat qo‘shma mashg‘ulotlar va o‘quv dasturlarini kengaytirish bilan cheklanib qolmay, balki Pokiston harbiy kontingentining Saudiyada vaqtinchalik yoki doimiy ravishda xizmat qilishi ehtimolini ham o‘z ichiga oladi.

 

Hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan, ammo mutaxassislar bu jarayonni ikki davlat munosabatlarida “burilish nuqtasi” sifatida baholamoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 17 sentyabr kuni Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘zaro mudofaa shartnomasi imzolagandi. Unga ko‘ra, mamlakatlardan biriga qilingan tajovuz ikkalasiga ham hujum sifatida baholanadi. Shu bilan birga, Pokiston yadroviy davlat hisoblanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика