1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Portugaliya ertaga Falastin davlatini tan oladi

Bu dushanba kuni rasman eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Portugaliya ertaga Falastin davlatini tan oladi

Portugaliya Tashqi ishlar vazirligi Lissabon ertaga, 21 sentyabr kuni Falastin davlatini rasman tan olishi haqida maʼlum qildi.

 

TIV rahbari Paulu Ranjel shu haftada Buyuk Britaniyaga tashrifi chog‘ida mamlakati Falastin davlatini tan olish masalasini ko‘rib chiqayotganini aytgan edi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, bu BMT Bosh assambleyasi boshlanishidan oldinroq sodir bo‘ladi.

 

Avvalroq Fransiya ham dushanba kuni Yevropaning to‘qqizta davlati bilan birgalikda BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi yig‘ilishida Falastinni tan olishini eʼlon qilgandi.

 

Emmanuyel Makron Fransiya va boshqa G‘arb davlatlari tomonidan Falastin davlatining tan olinishini Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi muhim qadam deb hisoblaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика