1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qatar Isroildan rasmiy uzr va moddiy tovon talab qildi

Qatar rasmiylari G‘azo muzokaralarida vositachilik masalasida qat’iy talablarini bildirdi.

Qatar Isroildan rasmiy uzr va moddiy tovon talab qildi

Qatar hukumati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish yuzasidan muzokaralarda vositachilikka qaytish masalasida bir qator talablarni ilgari surdi.

 

Xususan, Doha tomoni Isroildan yaqinda Qatar hududiga uyushtirilgan zarbalar uchun rasmiy uzr so‘rashni talab qilmoqda. Shuningdek, hujum oqibatida halok bo‘lgan qo‘riqchi oilasiga moddiy tovon to‘lash va kelajakda Qatar suvereniteti buzilmasligiga qat’iy kafolat berishni so‘ragan.

 

Mazkur shartlar Isroil strategik ishlar vaziri Ron Dermerga AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Vitkoff orqali yetkazilgani aytilmoqda.

 

Ma’lumot uchun, Qatar so‘nggi yillarda G‘azo sektorida Isroil va “Hamas” o‘rtasidagi nizolarda asosiy vositachi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Dohadan vositachilik mexanizmlarining davom etishi uchun Isroilning rasmiy javobi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика