1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qozog‘istonda avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Avtobusda jami 49 yo‘lovchi bo'lgan, ulardan 5 nafari vafot etgan.

Qozog‘istonda avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

2025 yil 7 dekabr kuni soat 08:57 da Qozog‘istonning Aktobe viloyati, Aytekebi tumani hududidan o‘tuvchi Respublika ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lining 1028-kilometrida “Perm–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Yutong” rusumli yo‘lovchi avtobusi ariqqa ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusdagi 49 yo‘lovchidan 5 nafari halok bo‘lgan. Vafot etganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor — ikki nafar.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli idoralar bilan birgalikda ishchi guruh tuzib, halok bo‘lganlarni Vatanga qaytarish, ularning oila a’zolariga dafn marosimlarini o‘tkazishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

 

Vazirlik, shuningdek, Qozog‘iston mutasaddilari bilan doimiy aloqada bo‘lib, voqea sabablari bo‘yicha hamkorlikda surishtiruv olib bormoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика