1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qozog‘istonda birinchi qor yog‘di

Ayni paytda shahar va yo‘llar qor bilan qoplangan.

Qozog‘istonda birinchi qor yog‘di

Bugun, 29-sentyabr tonggida Qozog‘istonning Qo‘stanay tumanida birinchi qor yog‘di. Shahar va yo‘llar qor bilan qoplagan. Bu haqida mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

 

Ayrim hududlarda elektr energiyasida uzilishlar kuzatilgani bois svetoforlar ishlamay qolgan va natijada tirbandlik hosil bo‘lgan.

 

Politsiya haydovchilarni yo‘ldagi noqulay sharoitdan ogohlantirdi va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘radi.

 

Mutaxassislar avvalroq mamlakatda 28-sentyabrdan boshlab havo harorati keskin sovib ketishi haqida ogohlantirgandi.

 

Respublikaning janubi-sharqida momaqaldiroq bo‘lishi, shimolda kuchli yomg‘ir yog‘ishi va havo haroratining pasayishi kutilmoqda. Faqat mamlakat janubi va sharqida quruq ob-havo kuzatiladi. Mamlakat bo‘ylab kuchli shamol bo‘lib, tuman tushishi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика