“Murabbiy tanlash oson emas. Hozirgi nomzodlardan Konte ham, albatta, ro‘yxatga kiritilishi kerak. Baʼzida pul hamma narsani hal qiladi. Menimcha, hozir eng yaxshi variant — Konte”.
O‘tgan hafta “Nyukasl” klubi Saudiya Arabistoni hukumati investitsiya fondi ixtiyoriga o‘tgandi. Xabarlarga ko‘ra, rahbariyat jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Stiv Bryusni ishdan bo‘shatmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda “Inter" italiyalik mutaxassis qo‘l ostida A Seriya chempionligini qo‘lga kiritgandi.
Avvalroq “Nyukasl” Ikardi va Remzi uchun yangi taklif kiritmagani hamda “Nyukasl”ni Saudiya Arabistoni investitsiya fondi sotib olgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


