1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Rossiya 500 milliard yevro tovon to‘lashi kerak”

Germaniya kansleri Rossiyadan tovon puli talab qildi.

“Rossiya 500 milliard yevro tovon to‘lashi kerak”

Rossiya urush oqibatida Ukrainaga yetkazgan zararni qoplash uchun taxminan 500 milliard yevro tovon puli to‘lashi kerak. Bu haqida Germaniya kansleri Fridrix Mers Rimda bo‘lib o‘tgan Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiyada aytib o‘tgan.

 

“Rossiya uch yildan ortiq davom etayotgan urush davomida Ukrainaga ulkan zarar yetkazmoqda. Biz moddiy zararni taxminan 500 milliard yevroga baholayapmiz. Rossiya bu zararni qoplashi kerak”, — deya taʼkidlagan u.

 

Kanslerning fikricha, Rossiya Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplamaguncha, o‘zining Yevropada muzlatib qo‘yilgan aktivlaridan foydalana olmasligi kerak.

 

“Ungacha esa mazkur muzlatilgan aktivlardan olinayotgan daromadlar, hozirgidek, Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi”, — deya qo‘shimcha qildi Mers.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика