1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya Hindistondan 1 mln migrant kelishi haqidagi xabarni rad etdi

Hindistondan ishchilar faqat oldindan belgilangan kvotalar asosida jalb qilinadi.

Rossiya Hindistondan 1 mln migrant kelishi haqidagi xabarni rad etdi

Rossiya Mehnat vazirligi 2025-yilda Hindistondan 1 million migrant Rossiyaga ishlash uchun keladi, degan xabarni inkor etdi. Vazirlik RIA RBK'ga bergan izohida aytishicha, viza rejimi amal qiladigan mamlakatlardan ishchilar faqat avvaldan tasdiqlangan kvotalar asosida jalb etiladi. Bu haqda The Moscow Times xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda Rossiyaga xorijiy fuqarolarni ishga jalb etish uchun jami kvota 234,9 ming nafarni tashkil etadi. Hindiston fuqarolari uchun esa bu ko‘rsatkich atigi 71 817 kishidan iborat. Bu raqamlar “1 million hindistonlik migrant” haqidagi da’volarni inkor etadi.

 

Avvalroq Ural savdo-sanoat palatasi rahbari Andrey Besedin “hindistonlik hamkorlari”dan olingan ma'lumotlarga asoslanib, yil oxirigacha Hindistondan 1 million mutaxassis Rossiyaga, xususan, Sverdlovsk viloyatiga kelishini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yekaterinburgda Hindistonning yangi Bosh konsulxonasi ochilishi rejalashtirilmoqda.

 

Shuningdek, Besedin xorijlik ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha ishlar Shri-Lanka va Shimoliy Koreya bilan ham olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan. Biroq hozircha bu boradagi rasmiy ma’lumotlar tasdiqlanmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика