1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilar bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi

Avtobusda 48 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Ulardan bir kishi vafot etgan.

Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilar bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi

Rossiyaning Amur viloyatida o‘zbekistonlik migrant ishchilarni olib ketayotgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Hodisa 16 oktyabr kuni Svobodny shahri yaqinida yuz bergan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, avtobus Toyota Probox rusumli avtomobil bilan to‘qnashganidan so‘ng ag‘darilib ketgan.

 

Avtobusda 48 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Mahalliy rasmiylar xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana 49 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Jarohat olganlarning aksariyati O‘zbekiston fuqarolari ekani maʼlum qilindi.

 

Amur viloyati tergov qo‘mitasi ushbu holat yuzasidan “transport xavfsizligi qoidalarini buzish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Ayni paytda voqea joyida tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi hodisa tafsilotlarini aniqlash va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida mahalliy rasmiylar bilan hamkorlik qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика