Agar Putin uch tomonlama uchrashuvdan bosh tortsa, Rossiyaga qarshi sanksiyalar kuchaytirilishi lozim. Bu haqida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z Telegram kanalida maʼlum qildi.
“Biz haqiqiy va uzoq davom etadigan tinchlikka erishishimiz zarur, bu Rossiyaning navbatdagi bosqinlari orasidagi yana bir tanaffusga aylanmasligi kerak”, — deb yozdi Zelenskiy.
Ukraina yetakchisi, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarni Rossiyaga bosimni saqlab qolishga chaqirdi.
“Men prezident Tramp bilan suhbatda agar uch tomonlama uchrashuv bo‘lmasa yoki Putin urushni adolatli yakunlashdan qochsa, Rossiyaga qarshi sanksiyalar kuchaytirilishi kerakligini aytdim”, — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.


