Buxoro viloyatida ilk bor o‘tkazilayotgan Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi o‘z ishini boshladi. 2025-yil 5-sentabrdan 20-noyabrgacha davom etadigan ushbu nufuzli madaniy tadbirga dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan rassomlar, hunarmandlar, me’morlar, oshpazlar va sayyohlar tashrif buyurmoqda.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva biyennale san’at, milliy qadriyatlar va madaniyatlararo muloqot uchun katta imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.
“Buxoro qadimiy obidalar, milliy an’analar va hunarmandchilikni zamonaviy san’at bilan uyg‘unlashtirgan holda o‘ziga xos ijodiy maskanga aylandi. Bu tadbir nafaqat boy tariximizni va milliy g‘ururimizni namoyon etadi, balki O‘zbekistonning xalqaro madaniy maydondagi mavqeini ham yanada yuksaltiradi”, — deydi Saida Mirziyoyeva.
Uning qayd etishicha, Buxoro biyennalesi san’at ahli va ijodkorlar uchun yangi ilhom manbai bo‘lish bilan birga, mamlakatimizni jahon miqyosida san’at va ijod maskani sifatida yanada tanitmoqda.


