1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sakkiz davlat Trampning G‘azo rejasi yuzasidan qo‘shma bayonot berdi

Bayonotda AQShning tinchlikka erishishdagi sa’y-harakatlari olqishlandi va hamkorlikka tayyorlik bildirildi.

Sakkiz davlat Trampning G‘azo rejasi yuzasidan qo‘shma bayonot berdi

Turkiya, Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Indoneziya, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Qatar va Misr tashqi ishlar vazirlari AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan taqdim etilgan “G‘azo mojarosiga barham berish bo‘yicha keng qamrovli reja” yuzasidan qo‘shma bayonot qabul qildi.

 

“Türkiye gazetasi” xabariga ko‘ra, mazkur hujjatda Trampning urushni to‘xtatish yo‘lidagi sa’y-harakatlari olqishlanib, AQShning tinchlik o‘rnatish borasidagi qat’iyati e’tirof etildi. Mintaqada barqarorlikka erishishda Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik muhimligi ta’kidlandi.

 

Vazirlar mazkur kelishuvni mintaqa xalqlariga tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik olib keladigan tarzda amalga oshirishga intilishini bildirdilar. Shuningdek, ular G‘azodagi mojaroga barham berish uchun AQSh va boshqa tegishli tomonlar bilan konstruktiv hamkorlikka tayyor ekanliklarini tasdiqlashdi.

 

Bayonotda qayd etilishicha, taklif etilgan reja quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: G‘azoga gumanitar yordamni uzluksiz yetkazish, falastinliklarni majburiy ko‘chirishga yo‘l qo‘ymaslik, garovdagilarni ozod qilish, barcha tomonlar xavfsizligini kafolatlaydigan mexanizmni joriy etish, Isroil kuchlarini hududdan olib chiqish, G‘azoni qayta tiklash va falastin davlatchiligi yo‘lini tayyorlash.

 

Shuningdek, G‘azoning xalqaro huquq asosida G‘arbiy Sohil bilan to‘liq integratsiyalashuvi mintaqaviy barqarorlik uchun muhim omil sifatida qayd etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика