1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqand va Jizzaxning ayrim hududlari elektr taʼminotisiz qoldi

Hududlarda kuchli yomg‘ir elektr uzatish tarmog‘ida avariya holatini yuzaga keltirdi.

Samarqand va Jizzaxning ayrim hududlari elektr taʼminotisiz qoldi

 

 

Soat 06:45 da Samarqand viloyatida yuz bergan kuchli yomg‘ir oqibatida 6-10 kVli 15 ta elektr uzatish tarmog‘i avariyaviy o‘chgan.

 

Buning natijasida Urgut va Pastdarg‘om tumanlari isteʼmolchilari qisman (13 ming 700 ta) va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan.

 

Ushbu nosozlik soat 10:03 da bartaraf etilib, isteʼmolchilarning elektr taʼminoti to‘liq tiklangan.

 

Shuningdek, soat 07:50 da Jizzax viloyatida yuz berayotgan kuchli yomg‘ir oqibatida 6-10 kVli 11 ta elektr uzatish tarmog‘i o‘chgan.

 

Buning natijasida Baxmal, G‘allaorol, Paxtakor va Zomin tumanlari isteʼmolchilari qisman (2 ming 250 ta) elektr taʼminotidan uzilgan.

 

Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli yomg‘ir va shamol) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda, deyiladi Energetika vazirligi xabarida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика