1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda Lacetti haydovchisi piyodani urib, qochib ketdi

U javobgarlikdan qochish uchun mashinasini ustaxonaga olib borib, taʼmirlayotganda qo‘lga tushgan.

Samarqandda Lacetti haydovchisi piyodani urib, qochib ketdi

Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyatining Samarqand tumanida Lacetti hafdovchisi piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgani aks etgan video tarqalib, jamoatchilikning jiddiy eʼtiroziga sabab bo‘lgandi.

 

Piyodaning onasi videomurojaat bilan chiqib, hokimdan huquqbuzarni topib, unga chora ko‘rishda amaliy yordam so‘ragandi.

 

Viloyat IIB YHXB rasmiy munosabat bildirib, holat bo‘yicha maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 24 sentyabr kuni soat 19.00 lar atrofida Samarqand tumanining Panjikent ko‘chasida yuz bergan. Gentra rusumli avtoulov haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan 2010 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan. U shundan so‘ng voqea joyidan yashiringan.

 

Olib borilgan surishtiriuv va qidiruv ishlari natijasida ushbu YTHni sodir etgan transport vositasi avtomobillarni taʼmirlash ustaxonasidan topilgan. Hozirda unga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun hujjatlar rasmiylashirilgan.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, qizning hayoti chaqlab qolingan. Hozirda u shifoxonada davolanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика