1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqanddagi bog‘chada bolalarga sifatsiz ovqat berilyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarga rasmiylar munosabat bildirdi.

Samarqanddagi bog‘chada bolalarga sifatsiz ovqat berilyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi 1-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarga sifatsiz oziq-ovqat mahsuloti berilgani aytilgan xabar tarqalgandi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy izoh berdi. 

 

Qayd etilishicha, o‘rganishlar jarayonida 1-son DMTTda faoliyat yuritayotgan oshpazlarning ovqat pishirish texnologiyalariga amal qilmaganligi hamda eʼtiborsizligi sabab kechki nonushtaga tayyorlangan shirin kulchalar (bulochkalar) kuydirib pishirilganligi aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan  buyurtmachi tomonidan autsorsing korxonasi rahbariyati ogohlantirilgan.

 

“Shuningdek, autsorsing tomonidan sifatsiz go‘sht mahsulotlari yetkazib berilganligi haqidagi xabar o‘z isbotini topmadi”, deyiladi xabarda. 

 

Nurobod tuman tibbiyot birlashmasi hamda Sanepidqo‘mita tuman birlashmasi epidemiologi  maʼlumotiga ko‘ra, 30 sentyabr sanasidan bugungi kunga qadar bog‘cha yoshdagi bolalarning ovqatdan zaharlanganligi bo‘yicha murojaat kelib tushmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика