1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi

Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi

20-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish maqsadida AQShning Nyu-York shahriga tashrif buyurdi.

 

Davlatimiz rahbarini J.F. Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda AQSh Prezidenti ma’muriyatining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli, Amerika–O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lamm hamda boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

 

Tashrif doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi umumiy munozaralarida nutq so‘zlashi, shuningdek, qator xorijiy mamlakatlar yetakchilari, xalqaro tashkilotlar va yirik moliyaviy institutlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari AQShning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan davra suhbatida ishtirok etib, yirik transmilliy korporatsiyalar rahbarlari bilan ham muzokaralar olib boradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика