Jamiyat
|
24 Avgust 18:52
523
Jamiyat
|
24.08.2021, 18:52
523

Shavkat Mirziyoyev: «Hududlarda chiqindi masalasi bilan viloyat hokimlari shaxsan shug‘ullanadi»

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha masʼullarga yil yakuniga qadar yo‘l qo‘yilgan qoloqliklarni bartaraf etish shartligini taʼkidladi.

 

Shavkat Mirziyoyev: «Hududlarda chiqindi masalasi bilan viloyat hokimlari shaxsan shug‘ullanadi»

 

«Chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha I.Boqijonov va viloyat hokimlari shaxsan shug‘ullanib, yil yakuniga qadar yo‘l qo‘yilgan qoloqliklarni bartaraf etishlari shart. Misol uchun, Namangan shahri, To‘raqo‘rg‘on, Mingbuloq va Namangan tumanlarida xususiy sheriklik tizimi to‘liq o‘zini oqlagan.

 

Jumladan, ushbu hududlarda aholini sanitar tozalash xizmatlari bilan qamrab olish darajasi, o‘tgan 6 oyda 79 foizdan 92 foizga yetib, tushumlar 2 baravarga oshgan. Yoki Farg‘onada ham xususiy sheriklar tomonidan 7 milliard so‘mlik investitsiya jalb qilinib, vodiyda ilk bor chiqindilarni saralash zavodi ishga tushirilgan.

 

Endi hududlarda chiqindi masalasi bilan viloyat hokimlari shaxsan shug‘ullanadi, so‘rov ham ulardan bo‘ladi. Shu bois xususiy sheriklik bo‘yicha tender komissiyalariga viloyat hokimlari rahbarlik qiladi.

 

Viloyat hokimlari I.Boqijonov, Ishmetov bilan birga, 1 oktyabrga qadar xususiy sheriklik asosida 30 ta, yil yakuniga qadar yana 24 ta loyihani boshlasin», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Avvalroq, shahar va tuman markazlarida kamida 2tadan «yashil maydon» va jamoat parklari tashkil etilishi haqida xabar bergandik.