Bugun, 17-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev musulmon olamining eng muqaddas masjidlaridan biri Masjidun Nabaviy hududidagi Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) dafn etilgan Ravzayi Muborakni ziyorat qildi.
Prezident u yerda ikki rakat namoz o‘qib, O‘zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilab duo qilgan.
Shuningdek, ushbu muborak maskanda dafn etilgan xalifalar Abu Bakr Siddiq (r.a.) hamda Umar ibn Xattob (r.a.) haqqiga duo o‘qilgan.
Bundan tashqari, davlat rahbari Payg‘ambar alayhisalomning siyratlari va Islom sivilizatsiyasi muzeyi bilan ham tanishgan. So‘ng Jidda shahriga jo‘nab ketgan.


