1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov telefon orqali muloqot o‘tkazdi

Suhbat yakunida O‘zbekiston rahbari Turkmaniston rahbari va xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov telefon orqali muloqot o‘tkazdi

22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

 

Davlatimiz rahbari suhbat avvalida Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq va farovonlik, qardosh turkman xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik hamda barqaror taraqqiyot tiladi.

 

Muloqot davomida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Ikki tomonlama faol siyosiy muloqot va samarali idoralararo hamkorlik alohida ta’kidlandi. Tovar ayirboshlash hajmini kengaytirish, sanoat va energetika sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, “Shovot–Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasini barpo etish jarayonlari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston hududlarida Forum, ko‘rgazmalar hamda Turkmaniston madaniyati va kinosi kunlarini o‘tkazish rejalashtirilgani qayd etildi.

 

Shu bilan birga, mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari va bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Suhbat yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston rahbari va xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика