1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoda dahshatli avariya: ikki nafar o‘smir halok bo‘ldi

15 yoshli bola otasining ruxsatisiz mashina haydab, YTH sodir etgan.

Sirdaryoda dahshatli avariya: ikki nafar o‘smir halok bo‘ldi

Kecha, 19-sentyabr kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida viloyat IIBB YHXB xabar bermoqda. 

 

Holat soat 22:00 lar atrofida Sholikor - Sirdaryo yo‘nalishida yuz bergan. 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan D.A. otasiga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinani beruxsat boshqarib ketayotib, yuqori tezlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi zovurga tushib ketgan.

 

YTH oqibatida avtomashina salonida bo‘lgan ikki nafar voyaga yetmagan yo‘lovchilar voqea joyida vafot etgan, haydovchi esa tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. 

 

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3 qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика