Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida “Matiz” ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, voqea joriy yilning 3 oktabr kuni soat 04:50 larda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidan o‘tgan yo‘lda sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, haydovchi avtomobilda Termiz — Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan vaqtda uxlab qolgan.
Oqibatda, avtomashina yo‘lni ikkiga bo‘luvchi temir to‘siqqa urilib, undagi bir nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.
Avvalroq Toshkentda haydovchining uxlab qolishi oqibatida 3 ta mashinaga shikast yetkazilgani, Surxondaryoda haydovchining uxlab qolishi oqibatida yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida yo‘lovchi vafot etgani hamda Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida “Cobalt” va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.






