Jamiyat
|
08 Oktyabr 11:48
286
Jamiyat
|
08.10.2021, 11:48
286

Sovuq kunlar kelyapti. Gaz bo‘lmaydigan hududlarga ko‘mir qay tartibda tarqatilishidan xabaringiz bormi?

Qish mavsumida gaz bo‘lmaydigan hududlarga yetarli miqdorda ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha tegishli hujjatlar tasdiqlangan.

 

Sovuq kunlar kelyapti. Gaz bo‘lmaydigan hududlarga ko‘mir qay tartibda tarqatilishidan xabaringiz bormi?

 

Bunda gaz bormaydigan hududlarda yashovchi aholiga zarur sifat va maqbul narxlarda ko‘mir yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

 

Bu tizimning amalga oshirilish jarayonida tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan jadval mahalla fuqarolar yig‘iniga yetkaziladi.

 

Mazkur jadval aholini ko‘mir bilan taʼminlash haqida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini unga tayangan holda kelib tushgan arizalarga muvofiq ko‘mirni sotib olish bo‘yicha reyestrni shakllantiradi. Keyingi bosqichda MFYlar shakllangan reyestrni ko‘mir omborlariga yetkazib beradi.

 

Ko‘mir omborlari mahalla fuqarolar yig‘ini taqdim etgan reyestr va tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan jadvalga qarab ish rejasini tuzishni boshlaydi. Yaʼni aholini ko‘mir mahsuloti bilan uzluksiz taʼminlash choralarini ko‘radi va amalga oshiradi.

 

Eslatma: yonilg‘iga Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan narxlar qo‘yiladi va shunga asosan aholiga tarqatiladi.

 

Bundan avval kam taʼminlanganlar ro‘yxatiga kiritilganlarga imtiyoz belgilangani, “Bolalar puli” bola soniga qarab belgilangani va qanday tartibda amalga oshirilishi hamda bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etilayotgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev