1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Sud soxta “davlat xizmatchi”si ishiga qonuniy baho berdi

Keyingi paytda o‘zini turli  hukumat idoralari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, hokimiyat va turli davlat idoralari xodimi sifatida tanishtirish, ularga tegishli guvohnomalarni qalbakilashtirish orqali  soxta mansabdor  shaxs niqobi ostida g‘arazli niyatlarini amalga oshirayotgan shaxslar  soni ko‘payib bormoqda.

Sud soxta “davlat xizmatchi”si ishiga qonuniy baho berdi

 

Ushbu soxta mansabdorlar hatti-harakati jamiyatdagi fuqarolar haq-huquqlarining poymol bo‘lishi,  firibgarlar o‘ljasiga aylanib qolishi, davlat hokimiyati  organlari, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga nisbatan ishonchni  yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.

 

Yaqinda 1966 yil Toshkent shahri Olmazor tumanida tug‘ilgan,   vaqtincha ishsiz I.I. qo‘lgan olindi. Tadbir davomida undan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimiga tegishli qalbaki guvohnoma ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

 

Mazkur ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar tergov bo‘limiga taqdim etilib  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228 moddasi 1 qismi, yaʼni hujjatlar,  shtamplar, muhrlar,  blanklar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish alomati bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Jinoyat ishi bo‘yicha Mirobod sudida mazkur voqea atroflicha o‘rganildi, uning sababchisiga qonunuy baho berildi.

 

Sud jinoiy ish hujjatlarini ko‘rib, hukm chiqardi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228 moddasi 1 qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan fuqaro I.I aybdor deb topilib, oylik ish xaqining 15 foizini  davlat daromadi hisobiga ushlab qolish,  2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика