1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Suriya rahbari 58 yildan so‘ng AQShga tashrif buyurdi

Ahmad al-Shara BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Suriya rahbari 58 yildan so‘ng AQShga tashrif buyurdi

Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad al-Shara 58 yillik tanaffusdan so‘ng AQShga rasmiy tashrif bilan bordi. U BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ishtirok etish uchun Vashingtonga yetib keldi, deya xabar bermoqda Suriya davlat telekanali.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Suriyaning AQShga oxirgi rasmiy tashrifi 1967-yilda amalga oshirilgan. Bu safarda al-Sharaga to‘rt vazir hamrohlik qilmoqda. Uchrashuvlar davomida ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalarni tiklash, jumladan, Vashingtonda Suriya elchixonasini ochish masalasi muhokama qilinishi kutilmoqda.

 

Ahmad al-Shara 24-sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasida nutq so‘zlashi rejalashtirilgan. Uning chiqishida “yangi Suriya” konsepsiyasi hamda mamlakatning xalqaro maydondagi o‘rni haqida so‘z yuritilishi kutilmoqda.

 

Manbalar, shuningdek, Suriya rahbarining AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi ehtimolini ham istisno etmayapti. Eslatib o‘tamiz, Tramp 2025-yil iyul oyida Suriyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilish haqidagi farmonni imzolagan edi. Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levittning ta’kidlashicha, ushbu qaror “Suriya barqarorligi va tinchlik yo‘lida muhim qadam” sifatida qabul qilingan.

 

So‘nggi o‘n yilliklarda Asad sulolasi davrida Suriya va AQSh o‘rtasida diplomatik aloqalar uzilgan edi. 2024-yil dekabrida Asadlar rejimi ag‘darilib, muxolifat kuchlari Damashq ustidan nazorat o‘rnatgach, mamlakat siyosiy tarixida yangi davr boshlandi. Ahmad al-Sharaning AQShga safari shu jarayonlarning muhim davomi sifatida baholanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика