1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida bolalarning zaharlanishi bo‘yicha SSV “tilga kirdi”

Vazirlik viloyatdagi hozirgi vaziyat haqida axborot berdi.

Toshkent viloyatida bolalarning zaharlanishi bo‘yicha SSV “tilga kirdi”

Toshkent viloyatida bolalarning zaharlanishi bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov axborot berdi.

 

Qayd etilishicha, bolalar orasida oshqozon-ichak faoliyatning buzilishi bilan bog‘liq holat kuzatilgan. Jami 1922 nafar, shu jumladan, bemor bolalar bilan muloqotda bo‘lgan bolalar ham tibbiy ko‘rik bilan qamrab olindi. Ulardan 959 nafarida hech qanday klinik belgilar bo‘lmaganligi uchun darhol uylariga ruxsat berilgan. O‘tgan davr mobaynida yana 269 nafar bolalarga davolanishdan so‘ng uylariga javob berilgan.

 

Hozirgi kunda Toshkent viloyatidagi shifoxonalarda 694 nafar bolalar davolanmoqda. Mutaxassislarning fikricha, ularning 13 nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda deb baholanmoqda.

 

27 sentyabr holatiga ko‘ra, yana 421 nafar bolalarga ahvoli yaxshilangani sababli uyga javob berish rejalashtirilgan.

“Yaqin kunlarda barcha bolalar sog‘ayib, uylariga qaytadi”, deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика