1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida IIO mashinasidan sakragan fuqaro vafot etdi

Bu haqida viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Toshkent viloyatida IIO mashinasidan sakragan fuqaro vafot etdi

Qayd qilinishicha, 26 iyul kuni tunda Oqqo‘rg‘on tumani, "Hamid Olimjon" mahallasida istiqomat qilgan T.M. “Qo‘shtepa” mahallasidagi avtomobillarni yuvish shoxobchasida mast holatda jamoat tartibini buzgani haqida aholi tomonidan murojaat bo‘lgan.

 

Chaqiruvga asosan borgan Ichki ishlar organi (IIO) xodimlari uni mastlik tarqalguniga qadar Bo‘ka tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli punktga (hushyorxonaga) yetkazish uchun xizmat avtomashinasida olib ketishgan.

 

Avtomashina orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan T.M. ichki ishlar organi xodimlaridan qochish maqsadida, eshikni yelkasi bilan ochib, o‘zini yerga tashlagani taʼkidlanmoqda. Bo‘ka tumani Tibbiyot birlashmasining maʼlumotiga ko‘ra, unda bosh qismining ichki va tashqi jarohatlari, shilingan, burun suyagi sinishi va boshqa tan jarohatlari hamda alkogol mastlik holati aniqlangan.

 

T.M. jarrohlik amaliyoti o‘tkazish zarurati sababli Bekobod tumani Markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

 

Holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda IIO xodimlari harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика