
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi «Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 157-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi mavjud avtobus yo‘nalishlari tarmog‘i qayta ko‘rib chiqilishi belgilangan.
Avtobus yo‘nalishlari harakatini muvofiqlashtirishning navbatdagi bosqichida 2021 yilning 1 avgust kunidan boshlab 9 ta (50, 56, 63, 82, 86, 100, 103, 105, 124-sonli) yo‘nalish harakatiga o‘zgartirishlar kiritish va 2 ta yangi (7, 181-sonli) yo‘nalishlarni ochish rejalashtirilmoqda.
Yo‘nalishlar harakatiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar quyidagi chizmalarda keltirilgan:



