1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

Oqibatda piyodaga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

Kecha, 19 sentyabr kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida yo‘lovchi avtobus piyodani urib yubordi. Bu haqida shahar IIBB YHXB xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, hodisa soat 07:00 larda Yangihayot tumani Choshtepa 2-darajali yo‘li ko‘chasida yuz bergan. Unda “Yutong” rusumli avtobus haydovchisi, 2007 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborganligi natijasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

 

YTH natijasida, piyodaga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика