Kecha, 29 sentyabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida shahar IIBB YHXB rasmiy axborot berdi.
Qayd etilishicha, soat 21:20 larda Yashnobod tumani Jarqo‘rg‘on ko‘chasida ZIL rusumli yuk avtomashinasi va Yutong rusumli avtobus o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


