1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentda Butunrossiya kinematografiya instituti filiali ochildi

Prezidentning 28 avgustdagi qarori bilan Toshkentda S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkentda Butunrossiya kinematografiya instituti filiali ochildi

 

Qayd etilishicha, filialda taʼlim faoliyati 2021/2022-o‘quv yilidan boshlanadi. Taʼlim jarayoni Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda BDKI tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va dasturlar asosida rus tilida olib boriladi, shu bilan birga unda o‘zbek tili va O‘zbekiston tarixi o‘qitiladi.

 

Dramaturgiya va prodyuserlik (turlari bo‘yicha) filialning asosiy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hisoblanadi. Taʼlim kunduzgi, sirtqi shaklda hamda masofaviy tarzda yo‘lga qo‘yiladi.

 

Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy maʼlumot sifatida tan olinadigan Rossiya davlat namunasidagi BDKI diplomi beriladi. Filialda davlat granti asosida taʼlim olgan bitiruvchilar 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan kinokompaniyalar, teleradiokompaniyalar yoki kino va televideniye sohasidagi tashkilotlarga taqsimlanadi.

 

 O‘zbekiston Prezidentining «Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida ushbu institut filiali 2020/2021-o‘quv yilidan ochilishi belgilangandi.

 

Maʼlumot uchun, mazkur oliy taʼlim muassasasi kinematografchilarni yetishtirib beruvchi dunyodagi nufuzli taʼlim dargohlaridan biri bo‘lib, o‘zbek kinosi arboblarining ko‘pchiligi aynan mana shu muassasada bilim olgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика