1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda jinoyat ishlari 15 foizga oshdi

Toshkent shahar sudlarining 6 oylik hisobotiga ko‘ra, maʼmuriy ishlar bo‘yicha 13 nafar mansabdor intizomiy jazoga tortilgan.

Toshkentda jinoyat ishlari 15 foizga oshdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudlari tomonidan 2025 yil birinchi yarmi davomida 6.410 (5.557) nafar shaxsga nisbatan 5.242 (4.657) ta jinoyat ishlari ko‘rib tamomlangan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan ko‘rib tamomlangan ishlar soni 853 taga (15,3 foiz), javobgarlikka tortilgan shaxslar soni esa 585 nafarga (12,5 foiz) ko‘paygan. Bu haqda 2025 yil birinchi yarmida Toshkent shahar sudlari tomonidan bajarilgan ishlar bo‘yicha bo'lib o'tgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi, deya xabar qilmoqda zamon.uz jurnalisti.

 

 

Qayd etilishicha, 2025 yilning birinchi yarmida Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga esa 1 594 ta shikoyat kelib tushgan. Ularning 1 416 tasi ish yurituviga qabul qilinib, ko‘rib chiqilgan.

 

Ko‘rib chiqilgan ishlardan:

  • 512 tasi qanoatlantirilgan,
  • 642 tasi rad qilingan,
  • 246 ta xususiy ajrim chiqarilgan,
  • shundan 13 ta mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo tayinlangan.

 

Sudga kelib tushgan shikoyatlar asosida quyidagi organlar faoliyati bo‘yicha ko‘proq ishlar ko‘rilgan:

 

  • Davlat soliq organlari — 339 ta ish,
  • Pensiya jamg‘armalari — 138 ta ish,
  • Mahalliy hokimliklar — 154 ta ish,
  • Qurilish vazirligi — 91 ta ish,
  • Majburiy ijro byurosi — 283 ta ish.
  • Adliya organlari — 70 ta ish.
  • Raqobatni qo‘mitasi — 37 ta ish ko‘rilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика