Kecha, 22-sentyabr kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida fuqaro A.X.ga oid maʼmuriy ish ko‘rib chiqildi.
Joriy yilning 19-sentyabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida 1992-yilda tug‘ilgan erkak mast holatda o‘ziga notanish bo‘lgan qizga nisbatan shilqimlik qilgan.
Sud majlisida sudlanuvchi o‘ziga notanish bo‘lgan qizga gap otganligini, shundan so‘ng uni qo‘lidan ushlaganligini, hozirda qilgan ishidan pushaymonda ekanligini va unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.
Sud hukmiga ko‘ra, erkakka nisbatan MJtKning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan va ushbu modda bilan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosiga tayinlangan.


