6 sentyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Mirobod tumanida tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.
Soat 02:50 larda Afrosiyob ko‘chasidagi 12A-uy qarshisida Audi rusumli avtomobil haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, Ford rusumli tez yordam mashinasi bilan to‘qnashgan. Zarba kuchidan tez yordam mashinasi ag‘darilib ketgan.
Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar Ford avtomobilining haydovchisi va yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatgan. Hodisaning boshqa jabrlanuvchilari haqida xabar berilmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq poytaxtning Yangihayot tumanida ham tez yordam mashinasi Spark avtomobili bilan to‘qnashib ketgan edi.


