AQShning prezidenti Donald Tramp Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning Nobel tinchlik mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatilgani munosabati bilan ularga minnatdorchilik izhor qildi. Ushbu maktub bugun Ozarbayjon Prezidentining rasmiy saytida e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, Aliyev va Pashinyan bu tashabbusni ilk bor 2024-yil avgust oyida Vashingtonga safari chog‘ida ilgari surgan edi. Tramp o‘z maktubida mintaqada tinchlikka erishish yo‘lida ko‘rilgan qadamlarni e’tirof etgan va ushbu nomzodlik tashabbusini qadrlashini bildirgan.
Hujjatda shuningdek, tinchlikni mustahkamlash, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va kelajakdagi barqarorlikni ta’minlash borasida ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari alohida tilga olingan.


