1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Tramp: Prezident Mirziyoyev – bir so‘zli inson

Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasida 8 mlrd dollarlik aviatsiya shartnomasi imzolandi.

Tramp: Prezident Mirziyoyev – bir so‘zli inson

Oʻzbekiston Respublikasi Amerikadagi yirik aviakorporatsiya – “Boeing” bilan 22 ta Boeing 787-9 Dreamliner samolyotini xarid qilish boʻyicha kelishuvga erishdi. Mazkur bitim Prezident Shavkat Mirziyoyev va AQSh Prezidenti maxsus vakili Serjio Gor ishtirokida imzolangan hujjatlar almashuvi marosimida e’lon qilindi.

 

Unga koʻra, Uzbekistan Airways 14 ta Boeing 787-9 Dreamliner samolyoti va yana 8 ta shu turdagi havo kemalarini opsion asosida xarid qiladi. Samolyotlarni yetkazib berish 2031-yildan boshlanishi rejalashtirilgan. Ushbu kelishuv nafaqat flotni modernizatsiya qilish, balki milliy aviakompaniya mutaxassislarini tayyorlash va xizmat koʻrsatishni kengaytirishni ham oʻz ichiga oladi.

 

Uzbekistan Airways AJ boshqaruvi raisi Shuhrat Xudayqulov bitim haqida shunday dedi:

“Boeing 787 Dreamliner oilasi bizning qitʼalararo tashuvlarimizning asosiy tayanchidir. Yangi shartnoma orqali Uzbekistan Airways’ning Markaziy Osiyodagi yetakchi aviakompaniya sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlab, yoʻlovchilarimiz uchun keng global aloqani ta’minlaymiz.”

 

AQSh Prezidenti Donald Tramp ushbu bitimni yuqori baholab, “Truth Social”dagi postida shunday yozdi:

“Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan imzolangan ulkan bitim 8 milliard dollardan ortiq qiymatga ega boʻlib, AQShda 35 mingdan ziyod yangi ish oʻrni yaratadi. Prezident Mirziyoyev bir soʻzli inson, hamkorligimiz koʻplab yoʻnalishlarda davom etadi”.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика