AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya Ukrainadagi urushni tugatish uchun “kelishuvdan manfaatdor bo‘lishi” kerakligini va Vladimir Putin bilan zudlik bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi.
“Menimcha, Rossiya kelishuvga erishmoqchi. Eshitishimcha, Putin men bilan uchrashishni xohlaydi. Biz imkon qadar tezroq uchrashamiz. Menga qolsa, buni darhol amalga oshirgan bo‘lardim. Biz uchrashmagan har kun askarlar jang maydonida halok bo‘lmoqda”, dedi Tramp jurnalistlarga.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy muzokaralarga tayyormi yoki yo‘qmi degan savolga Tramp: “U juda ko‘p askarini yo‘qotdi, Rossiya ham”, deb javob berdi.


